v0.2.0 · Windows x64

INSLauncher

Minecraft Java Edition uchun yengil launcher. Kam RAM, tez ishga tushish, Fabric va Modrinth modlari, skin va plash — hammasi bir tugmada.

  • 0MB o‘rnatuvchi
  • 0telemetriya
  • 0loader turi
↓
Imkoniyatlar

Kerak bo‘lgani hammasi — keraksizisiz

Launcher yengil bo‘lishi uchun atay soddalashtirilgan. Har bir funksiya aniq vazifa bajaradi.

INSLauncher hisobi

Ro‘yxatdan o‘ting va kiring. Skiningiz serverda saqlanadi, offline profil esa kompyuteringizda ishlaydi.

Skin va plash

PNG skin va plash yuklang, HD o‘lchamlar ham qo‘llab-quvvatlanadi. O‘yinda CustomSkinLoader orqali ko‘rinadi.

Fabric, Quilt, Forge, NeoForge

Har bir instans alohida papkada: modlar, configlar va saqlamalar bir-biriga aralashmaydi.

Modrinth modlari

Modlarni qidiring, bog‘liqliklari bilan bir tugmada o‘rnating. Modpacklar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Kam RAM, tez start

JVM presetlari: Kam RAM, Muvozanatli va Unumdorlik. Kompyuteringizga mos birini tanlang.

Java avtomatik

Java o‘rnatilgan bo‘lsa topadi, bo‘lmasa kerakli Temurin JRE ni bir marta o‘zi yuklab oladi.

Diagnostika

GPU drayveri, RAM va Java tekshiruvi. Muammo bo‘lsa, Sozlamalardagi «Tizimni tekshirish» aniq ko‘rsatma beradi.

Telemetriyasiz

Launcher o‘yin statistikasini yubormaydi. Hisobga kirishda faqat nik va parol serverga boradi.

Alohida o‘yin papkasi

O‘rnatilgan papkada .minecraft tayyor turadi. Sozlamalarda istalgan papkani tanlash mumkin.

Ko‘rinish

Toza, tez va chiroyli interfeys

Qora va qizil uslub, minimal ekranlar — o‘yinga e’tibor qaratilgan.

INSLauncher asosiy oynasi
Qanday o‘rnatiladi

Uch qadam

  1. 01

    Yuklab oling

    Pastdagi tugma orqali INSLauncher-setup.exe ni yuklang.

  2. 02

    O‘rnating

    Faylni ishga tushiring. SmartScreen chiqsa, «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish». WebView2 kerak bo‘lsa, o‘zi o‘rnatiladi.

  3. 03

    Kiring va o‘ynang

    INSLauncher hisobi bilan kiring yoki offline profil yarating, versiya yoki modpack tanlab o‘yinni ishga tushiring.

Versiya 0.2.0

INSLauncher’ni yuklab oling

Windows 10 / 11, 64-bit. O‘rnatuvchi — 5.5 MB.

⬇ Windows uchun yuklab olish
SHA-256: —
  • OS Windows 10 / 11 (x64)
  • Java kerak bo‘lsa avtomatik yuklanadi
  • Akkaunt INSLauncher hisobi yoki offline profil
  • Telemetriya yo‘q
Yo‘l xaritasi

Keyingi bosqichlar

Hozir

INSLauncher hisobi, skin va plash, Vanilla, Fabric, Quilt, Forge va NeoForge (ba’zi versiyalar hali sinalmoqda), Modrinth modlari, modpacklar, JVM presetlari, avtomatik yangilanish (dastur o‘zi yangilanadi), bir nechta INSLauncher hisobi. Skin o‘zgarganda serverga o‘zi yuboriladi, INSLauncher o‘yinchilarining skinlari o‘yinda ko‘rinadi.

Keyingi

Microsoft orqali kirish, qo‘shimcha tillar.

Kelajakda

To‘liq tarjima, yanada tez yuklash va yangi versiyalarni tezroq qo‘llab-quvvatlash.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Offline profil bilan o‘ynasa bo‘ladimi?

Ha, offline profil bilan o‘ynash mumkin. Lekin rasmiy Mojang/Microsoft serverlari litsenziyali akkauntni talab qiladi, shuning uchun ular offline profilni qabul qilmaydi. Offline rejimdagi serverlarda ishlaydi.

Forge yoki NeoForge ishlaydimi?

Ha, lekin hamma versiyalar hali sinalmagan. Eng barqaror variant — Fabric. Muammo bo‘lsa, Jurnal va diagnostikani yuboring.

Parolimni unutsam nima qilaman?

Ro‘yxatdan o‘tganda sizga bir martalik tiklash kodi beriladi. Uni saqlab qo‘ying. Parolni tiklash sahifasida nik, tiklash kodi va yangi parolni kiritsangiz, parol almashadi. Kod yo‘q bo‘lsa, parolni tiklab bo‘lmaydi.

Akkaunt ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?

INSLauncher hisobi serverda saqlanadi: nik, parolning xeshi (ochiq matn emas) va skin. Kompyuteringizda faqat sessiya tokeni saqlanadi: %APPDATA%\INSLauncher\account.json.

Telemetriya bormi?

Yo‘q. Launcher o‘yin yoki tizim statistikasini yubormaydi.

Yangilanish qanday bo‘ladi?

Launcher ochilganda yangi versiya borligini tekshiradi va xabar beradi. «Yangilash» tugmasi yangilanishni o‘zi yuklab o‘rnatadi, so‘ng dasturni qayta ochadi.

Windows Defender ogohlantirish bersa?

Yangi, imzolanmagan dasturlarda shunday bo‘lishi mumkin. Yuklab olish manzili va SHA-256 ni tekshirib, o‘zingiz ishga tushiring.